Video lavha oʻrganilganda, joriy yilning 18-yanvar kuni Nukus shahar hududidan oʻtgan A 380 xalqaro ahmiyatdagi avtomobil yoʻlida “Mercedes-Benz S400” rusumli avtomobil haydovchi S.J. va “Malibu” rusumli avtomobil haydovchisi A.A.lar yoʻl harakati qoidalarini chetlab oʻtgan holda, boshqa harakat qatnashchilarining erkin harakatiga xalaqit berib, “poyga” tashkil etib, qoidabuzarlik sodir etganliklari maʼlum boʻldi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borildi va qoidabuzar haydovchilarga nisbatan belgilangan tartibda chora koʻrildi.

Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishlarini soʻrab, qoidalarni chetlab oʻtganlarga jazo chorasi koʻrilishini eslatib oʻtamiz.