Qaror bilan tasdiqlangan O'zbekiston xalqaro islom akademiyasining bakalavriatiga qabul qilish tartibi to'g'risidagi Nizomga muvofiq, Akademiyaga talabalikka qabul qilish O'zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilish bo'yicha davlat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Qabul qilish tartibi, hujjatlarni qabul qilish muddatlari, bakalavriat ta'lim yo'nalishlari mutaxassisliklarining nomlari, qabul parametrlari to'g'risidagi ma'lumot Akademiyaning internet jahon axborot tarmog'idagi rasmiy veb-sayti va axborot stendlarida joylashtiriladi.

SHuningdek, qaror bilan 2020/2021 o'quv yilidan boshlab O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi bakalavriatiga o'qishga kirishga hujjat topshirgan abiturientlar uchun dastlabki imtixondan o'tish tartibi joriy etiladi.

  • Dastlabki imtixonni o'tkazish jadvali Akademiya qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi va uni o'tkazish boshlanishidan kamida 10 kun avval Akademiyaning internet jahon axborot tarmog'idagi rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
  • Dastlabki imtixon Akademiya negizida zarur texnik, tibbiy va boshqa sharoitlarni yaratgan holda o'tkaziladi. Bino va auditoriyalar xavfsizlik talablari, jumladan, sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga to'liq javob berishi shart.
  • Dastlabki imtixon natijalari asosida abiturientlarni kirish imtixonlarining keyingi bosqichlariga (kasbiy (ijodiy) imtixon va test sinovlari) o'tkazish yoki o'tkazishni rad etish to'g'risida tegishli qaror qabul qilinadi.

Karantinga oid choralar amal qilishi davrida Akademiyaning bakalavriatiga qabul qilish jarayonlari vakolatli organlarning karantinga oid hujjatlari talablaridan kelib chiqqan holda (masofaviy, elektron, onlayn va boshqa usullar orqali) amalga oshiriladi.