Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati federatsiyasi maʼlumotiga koʻra, bu haqda Xalqaro isteʼmolchilar tashkiloti bosh direktori Helena Loranning federatsiya raisi nomiga yoʻllagan xatida fikr bildirgan.
Global kongress har 4 yilda bir marta dunyoning turli mamlakatlarida oʻtkaziladi. Unda aʼzo tashkilotlar yetakchilari ishtirok etadi hamda isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish borasida ishlar baholanadi, imkoniyatlarni kengaytirish va kelgusidagi oʻzaro hamkorlik rejalari muhokama etiladi, Xalqaro tashkilot rahbarlari saylanadi.
1960-yilda tashkil etilgan “Consumers International” isteʼmolchilar tashkilotlarining global tarmogʻi boʻlib, unga dunyoning 100 dan oshiq mamlakatining 200 dan oshiq isteʼmolchilar tashkilotlari aʼzo boʻlgan.
Tashkilot BMTda maslahatchilik maqomiga ega, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotida (IHTT) maxsus iqtisodiy guruh hisoblanadi va Xalqaro standartlashtirish tashkiloti(ISO)ning maslahat guruhi tarkibiga kiradi.
Tashkilotning soʻnggi global forumlarini Portugaliya (2019), Braziliya (2015), Gonkong (2011) va Avstraliya (2007) qabul qilgan.
Qayd etish joizki, ushbu global kongressning u yoki bu mamlakatda oʻtkazilishi nafaqat u yerda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish harakatining yaxshilanishiga turtki beradi, qolaversa, mamlakatning dunyo hamjamiyati koʻz oʻngidagi obroʻ-eʼtiborini ham oshiradi.
Yana bir jihati, Oʻzbekistondek turizm sohasini rivojlantirishni iqtisodiy taraqqiyotning yetakchi sohalaridan biri sifatida belgilab olgan mamlakat uchun muhim ahamiyatga ega.