Xalqaro kino festivalida o‘zbek talabasi yaratgan film g‘olib bo‘ldi

    Tanlovda 800 dan ortiq filmlar ishtirok etdi.

    Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati ma’lum qildi.

    Qozog‘istonning Olmaota shahrida o‘tkazilgan “48 hour film race” qisqa metrajli filmlar festivalida BDKIning Toshkent filiali talabasi Timur Murodovning «Gastarbayter» filmi g‘olib bo‘ldi. Film rejissyori Nyu-York kino akademiyasida o‘qish uchun stipendiya ham oldi.

    Ma’lumot uchun, tanlovda 800 dan ortiq filmlar ishtirok etdi.

    Eslatib o‘tamiz, Timur Murodov va uning «Kasseta» qisqa metrajli filmi “Ipak yo‘li durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida o‘tkazilgan “Kino 5 kunda” tanlovida birinchi o‘rinni egallagan edi.