Tantanali marosimda Fan olimpiadalari markazi direktori T.Shermatov, ustozlar, oila aʼzolari, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etib, gʻoliblarga samimiy tabriklar yoʻlladilar.
Oʻzbekiston terma jamoasi bu yilgi nufuzli olimpiadada 5 ta medalni qoʻlga kiritib, yoshlarimizning matematika sohasidagi yuqori salohiyatini xalqaro maydonda yana bir bor namoyon etdi.
Maʼlumot oʻrnida: ushbu olimpiadada jami 115 ta davlatdan iqtidorli oʻquvchilar ishtirok etdi.
Eslatib oʻtamiz: Xalqaro fan olimpiadasi gʻoliblariga:
- Oltin medal uchun — 937 500 000 soʻm
- Kumush medal uchun — 562 500 000 soʻm
- Bronza medal uchun — 375 000 000 soʻm belgilangan.
Har bir gʻolib oʻquvchi shaxsan oʻz nomiga ushbu mukofotni oladi.
Bu mukofotlar Oʻzbekiston yoshlarining jahon fan maydonidagi yutuqlarini munosib qadrlash hamda ilmiy salohiyatini yanada ragʻbatlantirish maqsadida joriy etilgan.