Xalqaro taekvondo (ITF) federatsiyasi ikki nafar hamyurtimizga qora belbogʻ sohibi unvonini berdi

    Sport 27 Oktabr 2020 1183

    Xalqaro taekvondo (ITF) federatsiyasi Oʻzbekiston taekvondo ITF Milliy assotsiatsiyasi prezidenti Laziz Hasanovga 7-DAN va Milliy assotsiatsiyamizning Buxoro viloyati boʻlimi rahbari Ubayt Mukarramovga 6-DAN qora belbogʻ hamda Xalqaro toifadagi instruktor sertifikatlarini topshirdi.

    Sportchi yoki murabbiylar Xalqaro taekvondo (ITF) federatsiyasining 7-DAN darajasini olishi uchun ushbu sport turida kamida 30 yil faoliyat olib borgan boʻlishi lozim. Laziz Hasanov esa 31 yildirki ushbu sport turini Oʻzbekistonda ommalashtirish yoʻlida jonbozlik koʻrsatib kelmoqda.

    Bu esa yurtimizda nafaqat Olimpiya sporti turlari, balki Olimpiya oʻyinlariga kiritilmagan va milliy sport turlarini rivojlantirishga ham alohida eʼtibor qaratilayotganidan dalolat beradi.