Kiritilgan qo'shimchalarga muvofiq, Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi volontyorlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi. 

Agentlik, jumladan: 

▫️sohada davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi; 
▫️normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi; 
▫️qonunchilikni takomillashtirish bo'yicha takliflar kiritadi. 

Qonun bilan Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining volontyorlik faoliyati sohasidagi vakolatlari belgilandi. 

Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlariga sohada normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, davlat maqsadli dasturlarini amalga oshirish bo'yicha vakolatlar berildi. 

Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.