Uchrashuvdan koʻzlanga asosiy maqsad barqaror xalqaro savdoning oʻsishi, transport yoʻlaklari boʻylab yuk va yoʻlovchi tashish xavfsizligini mustahkamlash yoʻlida mamlakatimizning tranzit va transport salohiyatini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalarini koʻrib chiqish edi.

Logistika sohasida kichik va xalqaro biznes sohasini rivojlantirish, transport tizimini raqamlashtirish, shuningdek, yoʻl boʻyi infratuzilma obyektlarini tashkil etishga qaratilgan loyihalarga xorijiy investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlari koʻrib chiqildi.

Mazkur masalalarni Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz davlatlari bilan muhokama qilish maqsadida BMT YEIK koʻmagi bilan joriy yil 26-27-oktyabr kunlari Toshkent shahrida SPEKA dasturi ishtirokchi davlatlari Ishchi guruhi yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.