Ushbu shart asosida “Buxoro neftbazasi” MCHJ tomonidan yuklab joʻnatish xarajati uchun xaridorlardan qoʻshimcha haq undirilganligi holatlari qayd etildi.
Mazkur holatlar boʻyicha boshqarma neft mahsulotlarini saqlash (quyish, toʻkish yuklab joʻnatish) boʻyicha isteʼmolchilardan toʻlov undirganlik yoki hisoblangan holatlarni qayta koʻrib chiqib, aniqlangan asossiz undirilgan (hisoblangan) toʻlovlarni isteʼmolchilarga qayta hisob-kitob qilish hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼlumot taqdim qilishni soʻrab, “Buxoro neftbazasi” MCHJga murojaat qilgan.
Rasmiy xat orqali “Buxoro neftbazasi” MCHJ isteʼmolchilardan neft mahsulotlarini masʼul saqlash boʻyicha ortiqcha toʻlov undirilmaganligini aksincha isteʼmolchilar bilan alohida shartnoma tuzgan holda yetkazib berish boʻyicha xarajatlar undirilganligini maʼlum qilgan.
Olingan maʼlumotlarni asosli ekanligini aniqlash maqsadida, boshqarmaga kelib tushgan murojaatlar hamda tegishli tashkilotlardan olingan soʻrov maʼlumotlar oʻrganildi va ish jarayonida quyidagilar aniqlandi: “Buxoro neftbazasi” MCHJ tomonidan 6 ta xaridorlardan neft mahsulotlarini yuklab joʻnatishda jami 62,1 mln.soʻmlik asossiz qoʻshimcha haq undirganligi aniqlandi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunning 23-moddasida koʻrsatilgan qonunbuzarlik sodir qilingan deb topilib, “Buxoro neftbazasi” MCHJga nisbatan boshqarma maxsus komissiyasi tomonidan ish qoʻzgʻatildi va maxsus komissiya vakolat doirasida 07.09.2020-yilda koʻrsatma berildi.
Koʻrsatma talablariga muvofiq, “Buxoro neftbazasi” MCHJ tomonidan neft mahsulotlarini yuklab joʻnatish boʻyicha asossiz undirilgan 62,1 mln. soʻmlik toʻlovlar xaridorlarga oʻzaro qayta hisob-kitob qilinishi taʼminlandi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Matbuot xizmati