2000-yilda adashib 18 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan Polsha fuqarosi Tomash Komenda hukumatdan 3,5 million dollar miqdorida tovon puli oladi.

TASS bu haqda Opole shahridagi okrug sudi qaroriga asoslanib yozmoqda.

Sud qaroriga koʻra, Komenda salkam 13 million zlotiy tovon puli oladi. Qaror qabul qilishda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari 42 ta shunga oʻxshash ishlar bilan tanishib chiqishgan.

Taʼkidlanishicha, Komenda 1999-yilda 15 yoshli qizchani zoʻrlash va oʻldirishda ayblangan. Oʻshanda unga qarshi dalil sifatida marhumaning kiyimidan topilgan sochlar koʻrsatilgan.