Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi dala va aholi punktlarida angʻiz, xazon va shox-shabbalar yoki oʻsimliklarning boshqa qoldiqlarini yoqmaslik toʻgʻrisida ogohlantirdi.
Bu kabi huquqbuzarliklar Oʻzbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonunning 20-moddasi, “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuning 4, 24-moddalari buzilishiga olib keladi.
Shuningdek, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 88-moddasi 3-qismiga asosan fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaridan 5 baravarigacha (1 mln 20 ming soʻmdan 1 mln 700 ming soʻmgacha), mansabdor shaxslarga esa — 5 baravaridan 10 baravarigacha (1 mln 700 ming soʻm 3 million 400 ming soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Atrof-muhit ifloslanishining oldini olish barchaning fuqarolik burchi ekani eslatib oʻtildi!