Kosmosdan yuborilgan tasvirlarda kosmonavtlarning o‘zlari yetishtirgan pomidor va boshqa sabzavotlarini parvarishlab, ularni isteʼmol qilishayotganini ko‘rish mumkin.
“Koinotda bo‘lishimizga qaramasdan, biz turli sabzavotlarni yetishtirmoqdamiz. Ular esa juda yaxshi unib-o‘smoqda”, — deydi Xitoylik fazogirlardan biri.
Maʼlumotlarga ko‘ra, ushbu kosmik kema 26 oktabr kuni koinotga uchirilgan bo‘lib, olti oylik ilmiy tajribalar olib borishni maqsad qilgan.