Shuningdek uchrashuvlarda Uyushma va Oʻzbekistonning Xitoydagi elchixonasi bilan birga yurtimizdagi kichik sanoat va erkin iqtisodiy sanoat zonalarida investitsion loyihalarni amalga oshirishni kengaytirish, bu jarayonlarga Xitoylik investorlarni faol jalb etish yuzasidan yoʻl xaritalarini ishlab chiqish borasida ishlar tashkil etilyapti.

Bugungi kunda Oʻzbekistonda Xitoy sarmoyasi ishtirokida tayyor charm, poyabzal, sport poyabzallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan umumiy qiymati 35 million dollar boʻlgan 9 ta investitsion loyihalar amalga oshirildi. Shundan 23,5 million dollar Xitoylik investorlar tomonidan kiritilgan toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyadir.

2022-2023-yillarda mazkur davlat bilan umumiy qiymati 32,6 million dollar boʻlgan sunʼiy charm, poyabzal tagliklari, qolip va kartonlar, tayyor charm, ayollar poyabzali, poyabzal ishlab chiqarishga qaratilgan loyihalar amalga oshirilyapti.

Shuningdek, 2021-yilda charm-poyabzal va moʻynachilik sohasidagi 30 dan ortiq korxonalar tomonidan Xitoy Xalq Respulikasiga qariyb 61,0 million dollar qiymatiga ega mahsulotlar eksporti amalga oshirilgan boʻlsa, joriy yil yanvar-may oylarida ushbu davlatga soha korxonalarining eksporti 24,1 million dollarni tashkil qildi.

Bugungi kunda “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi elchixonasi bilan bir qator chora-tadbirlar belgilab olingan. Jumladan:

1. Oʻzbekiston Respublikasining XXRdagi elchixonasi bilan hamkorlikda joriy yil 13-15-avgust kunlari boʻlib oʻtadigan “Charm, poyabzal va poyabzal materiallarining 26-Xalqaro koʻrgazmasi”da faxriy mehmon sifatida 72 kvadrat/metr maydonda “Oʻzbekiston” charm-poyabzal sanoati milliy stendi bilan ishtirok etish va bu orqali sohaning eksport salohiyatini namoyish etish va investitsion loyihalarni taklif etish. Shuningdek, Xitoy bozorida oʻzbek charm mahsulotlarini keng namoyish etish maqsadida belgilangan milliy andozalardan kelib chiqqan holda stendning ishlab chiqilgan dizayni, Oʻzbekiston-Xitoy charmsanoat forumi uchun “Oʻzcharmsanoat” uyushmasining ishtirokchilari roʻyxati va taqdimot materiallarini yetkazilishini tashkil etish.

2. “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi hamda XXRning charm-poyabzal sanoati uyushmasi (China Leather Industry Association) bilan uchrashuv tashkil etib, oʻzaro hamkorlik memorandumini imzolash.

3. Oʻzbekiston va XXR oʻrtasida boʻlib oʻtishi rejalashtirilayotgan navbatdagi Hukumatlararo komissiyasi tashrifiga puxta tayyorgarlik koʻrish.

4. Tegishli tadbirlarni oʻz vaqtida va samarali tashkil etish maqsadida har oyda bir marotaba charm-poyabzal va moʻynachilik sohasiga bagʻishlangan onlayn video-konferensiya muloqotlarini oʻtkazib borish.

Oʻzbekiston-Xitoy oʻrtasida charm-poyabzal sanoatida kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish, tashqi savdo aylanmasini yanada oshirish maqsadida yangi vositalar va mexanizmlarni ishlab chiqib, amaliyotga joriy etish yuzasidan qarorlar qabul qilindi. Bu oʻz navbatida davlatlarimiz oʻrtasida sanoatni va savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada ragʻbatlantirishga xizmat qiladi, deb xabar beradi “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi matbuot xizmati.