Xitoy bojxona boshqarmasi dollar ko'rinishida e'lon qilgan ma'lumotlarga ko'ra, Xitoy mahsulotlarini xorij bozorlariga sotish o'tgan oyga nisbatan 14,5 foizga qisqardi va uchinchi oy ketma-ket pasaydi.
Bu Xitoy eksportida 2020-yil fevralidan (17,2%), ya'ni pandemiyaning dastlabki haftalarida iqtisodiy tanglik bo'lgan paytdan keyin yuzaga kelgan eng katta pasayishdir.
AQShga eksport 23,1 foizga, Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga 20,6 foizga, ASEAN davlatlariga 21,4 foizga kamaydi.
Mart-aprel oylarida qisqa muddatli o'sishni hisobga olmaganda, Xitoydan eksport 2022-yil oktyabr oyidan beri doimiy ravishda pasayib bormoqda, deb xabar beradi ru.euronews.com.