Delegatsiyani viloyat hokimining o'rinbosari D.Madrimov va viloyat prokurori R.Masharipov boshchiligidagi mas'ullar kutib oldilar.
Xitoy elchixonasining hamkorlari “AILE WEI FOOD” korxonasi Xan Jiangxong va Alena Pak tomonidan 2 tonna un, 2 tonna guruch, 1 tonna pista yog'i keltirilgan oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.
Delegatsiyaning mazkur ko'magi do'st uzoqda bo'lsa ham doim yordamga shayligini yana bir bor isbotladi.