“Oʻzbekkosmos” agentligi va “STAR.VISION” kompaniyasi oʻrtasida imzolangan memorandumga koʻra, ushbu yoʻldoshga “Samarqand-2028” nomi beriladi.

Bu nom 2028-yilda Samarqandda oʻtkaziladigan “Xalqaro astraonavtika kongressi” bilan bogʻliq ramziy ahamiyatga ega.

Memorandum doirasida yana bir muhim jihat — yoʻldosh uchun sunʼiy intellekt modulini aynan “Oʻzbekkosmos” agentligi mutaxassislari ishlab chiqadi. Ushbu modul yuqori aniqlikdagi kosmik suratlardan samarali foydalanish imkonini beradi.

Maʼlumotlarga koʻra, “Samarqand-2028” yoʻldoshi Yerni masofadan zondlash (DZZ) texnologiyalari asosida qator sohalarda qoʻllaniladi. Jumladan:

  • havo sifatini birlamchi baholash;
  • qishloq xoʻjaligi ekinlarini monitoring qilish;
  • oʻrmon maydontlari holatini kuzatib borish.

Oʻzbekistonning ushbu xalqaro kosmik loyihada ishtirok etishi mamlakatning fazoviy texnologiyalar sohasidagi rivojlanish yoʻlida yana bir muhim qadam sifatida baholanmoqda.