Qayta foydalanish mumkin bo'lgan raketa texnologiyasini sinab ko'rish uchun mo'ljallangan 17 metrli ko'rgazmali raketa Ichki Mo'g'ulistondagi (Xitoyning shimoli-g'arbiy qismidagi) Szyutsyuan kosmodromida sinovdan o'tkazildi.
Suyuq kislorod va metan dvigateli bilan jihozlangan raketa deyarli 180 metr balandlikka ko'tarildi va taxminan 50 soniyadan so'ng soniyasiga 0,025 metr tezlikda uchirish joyiga muammosiz qo'ndi. Qo'nish aniqligi taxminan 1,7 metrni tashkil etdi.
Xitoy 26-oktabr kuni “Shenchjou-17” boshqariladigan fazoviy kemasini uchta astronavt bilan o'zining Tyangun orbital stansiyasiga muvaffaqiyatli uchirgandi, deb xabar beradi korrespondent.net.