Mamlakatda gʻalla yetishtirish yildan-yilga koʻpayib borishi barobarida oziq-ovqat xavfsizligi masalasi ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, bu yilgi pandemiya Xitoyga ogohlantiruvchi signal bermoqda.
“Buning uchun qonunchilikni kuchaytirib, nazoratni ushlash choralarini koʻrish, bu borada uzoq muddatli mexanizm ishlab chiqish va keraksiz oziq-ovqat chiqindilarini qatʼiyat bilan bostirish kerak. Eng yaxshisi, targʻibot va taʼlimni bosqichma-bosqich kuchaytirish, oziq-ovqat mahsulotlarini meʼyorda isteʼmol qilish va uning iqtisodiyotga taʼsirini singdirish, isrofgarchilik jamiyat uchun uyat ekanligini tushuntirish kerak”, deydi Si Szinpin.
Sinxua agentligining yozishicha, Xitoy yetakchisi har doim oziq-ovqat xavfsizligiga alohida eʼtibor qaratib kelgan va chiqindilarga qarshi kurashish, iqtisod va tejamkorlik borasida tashabbus koʻrsatgan. Ayni paytda u pandemiya bilan kurash jarayonida chiqindilar bilan bogʻliq muammolar ortiqacha tashvish boʻlishidan xavotirda.