Buni 2030-yilgacha amalga oshirish rejalashtirilgan, deyiladi uzreport.news saytida.
Bundan tashqari, CMSA ma'lumotlariga ko'ra, ikki xitoylik astronavt ilmiy tadqiqotlar uchun Oyga chiqadigan roverni boshqaradi.
Avvalroq Amerikaning NASA kosmik agentligi rahbari Bill Nelson Xitoy rasmiylari AQSH bilan kosmik poygada g'olib chiqsa, Oydagi hududga o'z huquqlarini da'vo qilishi mumkinligidan xavotir bildirgan edi.
Uning qayd etishicha, AQSH bu sohada allaqachon Xitoy bilan raqobatlashmoqda.
“Biz avvalo ularning ilmiy izlanishlar niqobi ostida resurslarga boy hududlarga bormasliklariga ishonch hosil qilganimiz ma'qul”, deydi Nelson.
Shu bilan birga, agar Xitoy u yerda mustahkam o'rnashib olsa, amerikaliklarni Oydagi “o'z” hududlariga kiritmaydi, deya qo'shimcha qiladi agentlik rahbari.