Bu haqda “Toshshahartransxizmat” xabar beradi

Maʼlum qilinishicha, Toshkent shahri uchun xarid qilingan 200 dona oʻta katta sigʻimli King Long rusumli avtobuslarga ishlab chiqaruvchi zavod — Xiamen King Long United Automotive Industry Co., Ltd  tomonidan bonus tariqasida qoʻshimcha ravishda 2 dona King Long elektrobusi taqdim etilgan.

Mazkur oʻta katta sigʻimli elektrobuslar 6-dekabr kunidan boshlab “2-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 14-sonli TTZ ASHB — Toshkent vokzali avtobus yoʻnalishida xizmat koʻrsatishni boshladi.