Milliarderlarning ko‘payishi fond bozorining o‘sishi va sun’iy intellektning rivojlanishi bilan bog‘liq.
Hurun Groupning 5 mart kuni e’lon qilingan yillik hisobotiga ko‘ra, Xitoy dunyo bo‘ylab 4020 milliarderdan 1110 milliarderga ega bo‘ldi, bu bir yilda 287 nafarga ko‘p. Bu mamlakatning so‘nggi uch yildagi yo‘qotishlarini qopladi va 1000 milliarderga ega bo‘lgan AQSh va 308 milliarderi bor Hindistonni ortda qoldirish imkonini berdi.
Texnologiyalarning, xususan, sun’iy intellektning rivojlanishi yangi boylik manbaiga aylandi. Yangi xitoylik milliarderlar orasida 3,6 milliard dollarlik sof boylikka ega MiniMax kompaniyasidan Yan Szyunsze va 1,2 milliard dollarlik Knowledge Atlas Technology JSC (Zhipu) kompaniyasidan Lyu Debin bor. Dunyo bo‘ylab jami 114 milliarder sun’iy intellekt bilan bog‘liq kompaniyalarda ishlaydi, ulardan 46 nafari birinchi marta reytingga kirdi.
Hurun Group ro‘yxatidagi Top uchlikka Ilon Mask (792 milliard dollar), Jeff Bezos (300 milliard dollar) va Larri Peyj (281 milliard dollar) o‘rin oldi. Mask sof boyligi 700 milliard dollardan oshgan birinchi shaxsga aylandi.
Shaharlar orasida Nyu-York 146 kishi bilan milliarderlar soni bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘lib qolmoqda. Undan keyingi o‘rinda Shenchjen (132), Shanxay, Pekin va London bormoqda. Dunyo bo‘ylab milliarderlarning o‘rtacha yoshi 65 yoshni tashkil etadi, deb xabar berdi inform.kz.