Bu haqda Global Times mahalliy gazetasi xabar berdi.

Sinov tasvirlari yakshanba kuni China Military Bugle (Xalq ozodlik armiyasi axborot va media markazining rasmiy sayti) tomonidan e'lon qilindi. Uning sinovdan o'tkazilgan joyi va sanasi oshkor etilmagan.

Videoga ko'ra, YJ-20 gipertovushli raketasi esminetsning orqa qismida joylashgan vertikal uchirish moslamalaridan biridan uchirilgan. Raketa “sovuq” uchirish usulidan foydalangan, ya'ni u dvigatelni yoqishdan oldin vertikal uchirish moslamalari kamerasidan chiqarib yuborilgan.

Raketa belgilangan nishonga muvaffaqiyatli tegdi, deb xabar berdi report.az.