Xitoylik shifokorlar 19 yoshli bolada Alsgeymer kasalligini aniqlashdi. Journal of Alzheimerʻs Disease maʼlumotlariga koʻra, u bunday kasallikka chalingan dunyodagi eng yosh bemorga aylandi.

Odatda 65 yoshdan oshgan odamlarda Alsgeymer kasalligi tashxisi qoʻyiladi. U xotiraning yoʻqolishi, kognitiv funksiyaning buzishi belgilari orqali namoyon boʻladi.

Yigit oʻzidagi oʻzgarishlarni 17 yoshida his qila boshladi – u oʻqish paytida diqqatini jamlashda qiynalardi. Keyin u qisqa muddatli xotirani yoʻqotdi – u kecha nima boʻlganini, shuningdek, narsalarining joylashishini eslay olmadi. Bemor oʻqish va his-tuygʻularini ifodalashda qiyinchiliklarga duch kela boshladi.

18 yoshida yigit ovqat va suv isteʼmol qilish vaqtini eslay olmadi, u oʻqishni tashlashga majbur boʻldi. Tekshiruv davomida shifokorlar uning genetik mutatsiyaga ega emasligini qayd etishdi. Biroq unda “qariyalar kasalligi”ning erta xabarchisi boʻlgan atrofiya gippokamp aniqlandi.

Bungacha Alsgeymer kasalligiga chalingan eng yosh odam gen mutatsiyasiga uchragan 21 yoshli bemor edi, deyiladi mir24.tv saytida.