Sudlanuvchi Van Yun “Menmen” bolalar bogʻchasida ishlab yurgan paytida Sun familiyali oʻqituvchi bilan janjallashib qolgan. Hamkasbidan oʻch olmoqchi boʻlgan tarbiyachi 2019-yil 27-martda ertalab Sunning guruhidagi oʻquvchilar boʻtqasiga natriy nitrit qoʻshib qoʻygan. Natijada 25 nafar bola zaharlanishdan shifoxonaga yotqizilgan, ulardan biri esa keyinroq shifoxonada vafot etgan.
Tergov-surishtiruv davomida Van Yun bu ish bilan birinchi marta shugʻullanmayotgani maʼlum boʻlgan. U ilgari ham boshqalardan alamini olish maqsadida bir necha marta natriy nitritdan foydalangan ekan. 2017-yil u ayol turmush oʻrtogʻi bilan janjallashib qolib, oʻsha yili fevral oyida internet orqali natriy nitrit sotib olgan ekanda, u ichmoqchi boʻlgan stakandagi suvga qoʻshgan ekan. Turmush oʻrtogʻi bundan zaharlansada, organizm uchun jiddiy asorat qoldirmagan ekan.
Sud ayolning natriy nitrit hayot uchun xavfli ekanligini yaxshi bilsada, oʻch olish maqsadida undan odamlarga qarshi foydalanganini aniq koʻrsatib bergan. Xabarda Van Yun oʻsha kungi boʻtqani koʻp bola yeyishini bilgan, lekin ayol fikridan qaytmagan, deyiladi.
Sud Van Yunning jiddiy talafotlar keltirib chiqargan jinoyat usulini “nafratlanarli darajada” ekanligini, va uning qonunga muvofiq jazolanishi kerak ekanligini taʼkidlagan, deb xabar beradi RIA Novosti.