Xitoy davlatida masofaviy tarzda oʻtkazilgan 54-Xalqaro kimyo olimpiadasi oʻz nihoyasiga yetdi. Dunyoning 80 ta davlatidan 320 nafar oʻquvchi ishtirok etgan mazkur nufuzli olimpiadada oʻzbekistonlik oʻquvchilar 4 ta kumush medalni qoʻlga kiritdi. Bu haqda Xalq taʼlimi vazirligi axborot xizmati xabar qildi.
Xalqaro olimpiadaning yopilish marosimi masofaviy tarzda Youtube platformasida boʻlib oʻtdi.
Gʻoliblar bilan tanishing:
Maftuna Badalova - Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf oʻquvchisi;
Azimjon Jamolov - Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf oʻquvchisi;
Ikromiddin Boymahammadov - Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf oʻquvchisi;
Sherzod Shaymatov - Navoiy viloyati, Navoiy shahridagi 11-AFCHOʻIMning 11-sinf oʻquvchisi.
Kumush medalni qoʻlga kiritgan gʻolib oʻquvchilarga 90 mln. soʻm, oʻqituvchilariga – 75 mln. soʻmdan pul mukofotlari topshiriladi.
Medal sohiblari oliy taʼlim muassasasiga test sinovlarisiz, davlat granti asosida qabul qilinadi.