Xitoy davlatida masofaviy tarzda oʻtkazilgan 54-Xalqaro kimyo olimpiadasi oʻz nihoyasiga yetdi. Dunyoning 80 ta davlatidan 320 nafar oʻquvchi ishtirok etgan mazkur nufuzli olimpiadada oʻzbekistonlik oʻquvchilar 4 ta kumush medalni qoʻlga kiritdi. Bu haqda Xalq taʼlimi vazirligi axborot xizmati xabar qildi.

Xalqaro olimpiadaning yopilish marosimi masofaviy tarzda Youtube platformasida boʻlib oʻtdi.

Gʻoliblar bilan tanishing:

Maftuna Badalova - Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf oʻquvchisi;

Azimjon Jamolov - Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf oʻquvchisi;

Ikromiddin Boymahammadov - Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf oʻquvchisi;

Sherzod Shaymatov - Navoiy viloyati, Navoiy shahridagi 11-AFCHOʻIMning 11-sinf oʻquvchisi.

Kumush medalni qoʻlga kiritgan gʻolib oʻquvchilarga 90 mln. soʻm, oʻqituvchilariga – 75 mln. soʻmdan pul mukofotlari topshiriladi.

Medal sohiblari oliy taʼlim muassasasiga test sinovlarisiz, davlat granti asosida qabul qilinadi.