Xitoyning “Sinxua” davlat axborot agentligi maʼlumotiga koʻra, yuk poyezdiga Oʻzbekistonda 1 GVt quvvatga ega fotoelektr loyihasi uchun mahsulotning birinchi partiyasi boʻlgan 50 ta konteyner 20 MVt quvvatga ega fotovoltaik elementlar yuklangan.

Ushbu loyiha may oyida boʻlib oʻtgan “Xitoy-Markaziy Osiyo” sammitidan keyin Xitoy korxonasi tomonidan Markaziy Osiyoda amalga oshirilayotgan birinchi yirik yangi energiya loyihasidir.

Mazkur loyihani amalga oshirish uchun Oʻzbekistonga Xitoy-Yevropa temir yoʻl yoʻnalishi boʻylab 3000 ga yaqin konteyner ortilgan jami 60 ta poyezd joʻnatishi kutilmoqda.

Loyiha pudratchisi China “China Energy Engineering Corporation Limited” kompaniyasi maʼlumotiga koʻra, mazkur  loyihani ishga tushirilishi yiliga 2,4 milliard kVt/soat toza energiya ishlab chiqarish, uglerod chiqindilarini 2,4 million tonnaga kamaytirish imkonini beradi.