Kuchli yomg'ir katta zarar keltirdi. Uylar, ko'priklar vayron bo'ldi. Qishloq xo'jaligi yerlari butunlay suv ostida qoldi.
Rasmiylar toshqindan zarar ko'rgan hududlarda ekinlar va hayvonlar kasalliklari avj olishi haqida ogohlantirdi. Mamlakat shimolidagi ekinlar va qishloq xo'jaligi texnikasiga zarar yetgan. U yerda bir hafta ichida bir yillik me'yordan ko'proq yomg'ir yog'di, deb xabar beradi mir24.tv.