Xiva – yana bir nufuzli xalqaro anjuman mezboni

    Joriy yilning 13-21-sentyabr kunlari Toshkent, Xiva va Nukus shaharlarida anʼanaviy Madaniy meros haftaligi doirasida bir qator tadbirlar oʻtkazilmoqda.

    Jumladan, Xiva shahrida “Markaziy Osiyo dunyo sivilizatsiyalari chorrahasida” nomli xalqaro madaniy forum, TURKSOY davlatlari madaniyat vazirlari doimiy kengashining yigʻilishi hamda madaniy meros masalalari boʻyicha YUNESKO bilan hamkorlikda Xalqaro maslahat qoʻmitasining I yigʻilishi boʻlib oʻtadi.

    Madaniy tadbirlarda ishtirok etuvchi mehmonlar Urganch xalqaro aeroportida kutib olindi. Forum qatnashchilari uchun Ichonqalʼaning tarixiy yodgorliklari boʻylab sayohat va teatr tomoshalari tashkil qilindi, deb xabar beradi Madaniyat vazirligi rasmiy telegram kanali.

    Kecha oqshom Qoʻhna ark maydonida “Xiva – turkiy dunyo madaniyati poytaxti” deb nomlangan katta konsert dasturi boʻlib oʻtdi.