Xivada boʻlib oʻtgan “Qovun sayli” festivali gʻoliblariga avtomobil topshirildi

    Agrosektor 14 Avgust 2023 897

    Festival gʻoliblariga Jentra, Neksiya-3, Spark, Damas avtomobillari hamda qimmatbaho sovgʻalar va tashakkurnomalar topshirildi.

    Xorazm viloyati Xiva shahrining “Ichan qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasida “Qovun sayli” festivali oʻtkazildi.

    Unda respublikamizning barcha hududlaridan kelgan mirishkor dehqonlar oʻzlari yetishtirgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan ishtirok etishdi.

    “Qovun sayli” festivalida mezbon Xorazm viloyati bobodehqonlari 1000 tonnaga yaqin mahalliy Gurvak navli qovun turlari, 400 tonnadan ortiq tarvuz, 200 tonna oshqovoq va 100 tonnadan ortiq meva-sabzavotlari bilan ishtirok etdi.

    Festival gʻoliblariga Jentra, Neksiya-3, Spark, Damas avtomobillari hamda qimmatbaho sovgʻalar va tashakkurnomalar topshirildi.

    Asosiy gʻoliblar

    Gran pri Xiva shahri (Jentra avtomobili)

    1-oʻrin Qoʻshkoʻpir tumani (Neksiya-3 avtomobili)

    2-oʻrin Toshkent viloyati (Spark avtomobili)

    3-oʻrin Yangibozor tumani (Damas avtomobili)

    “Qovunchilikda eng yuqori davromad va hosildorlikka erishganlik uchun”

    1-oʻrin Urganch tumani “Davlat Raxmatullo”f/x (Mototsikl)

    2-oʻrin Urganch tumani “Urganch gorizont”MCHJ (Muzlatgich)

    3-oʻrin Xonqa tumani “Sobirjon Xanifa”f/x (Televizor)

    “Qadimiy anʼanaviy Xorazm qovunlari navlarini tiklash”

    1-oʻrin Shovot tumani “Aka uka Oʻdabayevlar”f/x (Mototsikl)

    2-oʻrin Yangibozor tumani “Raxim qoʻchqor”f/x (Muzlatgich)

    3-oʻrin Qoʻshkoʻpir tumani “Oʻktam Ashir”f/x (Televizor)

    “Eng yaxshi eksportbop qovun yetishtirganligi uchun”

    1-oʻrin Bogʻot tumani “Bogʻot zamini 3112”f/x (Mototsikl)

    2-oʻrin Qoʻshkoʻpir tumani “Abudvoxob eshon bogʻi”f/x (Muzlatgich)

    3-oʻrin Gurlan tumani “Gulimman kaxramon”f/x (Televizor)

    “Qovunchilikda innovatsion texnologiyalar joriy qilganligi uchun”

    1-oʻrin UrDU kimyoviy-texnologiyalari fakulbteti (Mototsikl)

    2-oʻrin Xiva tumani “Xorazmorganik melon”f/x (Muzlatgich)

    3-oʻrin Yangniariq tumani “Xushnudbek”f/x (Televizor)

    “Eng koʻp turdagi qovun yetishtirgan hudud”

    1-oʻrin Hazorasp tumani “Raximboy Nurjon”f/x (Mototsikl)

    2-oʻrin Tuproqqalʼa tumani “Abdulla oʻgʻli Eshon”f/x (Muzlatgich)

    3-oʻrin Xonqa tumani “Rais Olim ota”f/x (Televizor)

    “Eng koʻp turdagi qovun yetishtirgan hudud”

    1-oʻrin “Uzavtomotors”AJ viloyat fillilali (Mototsikl)

    2-oʻrin Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki viloyat boshqarmasi (Muzlatgich)

    3-oʻrin “Urganchtransgaz” unitar korxonasi (Televizor)