Bu majburiy mehnatga jalb qilish sifatida tasniflanadi.
Mehnat kodeksining 5-moddasiga asosan majburiy mehnat taqiqlangan. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 51-moddasiga muvofiq mehnatga biron-bir shaklda maʼmuriy tarzda majburlash bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shu harakat takroran yoki voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilsa, Jinoyat kodeksining 148²-moddasiga asosan javobgarlikka tortiladi.
Majburiy mehnatga jalb qilish holatlariga duch kelganda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 71 200-06-00 ishonch telefoniga qoʻngʻiroq qilish soʻraladi.








