Xususan, “Toza hudud” DUKlari, obdonlashtirish boshqarmalari, yoʻllardan foydalanish korxonalari, kollejlar va boshqa tashkilotlarda jami 219 mln. 211 ming soʻm oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar oʻz vaqtida toʻlab berilmagan.

Viloyatdagi mavjud 18 ta ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 16 tasida 1 211 nafar xodimga toʻlanishi lozim boʻlgan 2 mlrd 521 mln 514 ming soʻm oylik ish haqiga qoʻshimcha toʻlovlar umuman toʻlanmagan.

Tugatilgan kollejlarning 58 nafar xodimiga toʻlanishi lozim boʻlgan 68 mln. 436 ming soʻmlik ishdan boʻshash nafaqalari toʻlab berilmagan.

Oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasida adliya organlari tomonidan tegishli taʼsir choralari qoʻllanilib, xodimlarga toʻlanishi lozim boʻlgan toʻlovlarni undirish choralari koʻrilmoqda.

Fargʻona viloyati adliya boshqarmasi