Kecha oʻtkazilgan guruh bosqichining ikkinchi oʻyinida hamyurtlarimiz Lyuksemburg jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Oʻzbekiston terma jamoasining toʻliq ustunligida oʻtgan oʻyinda vakillarimiz raqiblarini 12:1 hisobida magʻlub etdi.

Jahon chempionatining dastlabki uchrashuvida Janubiy Afrika Respublikasini 12:0 koʻrinishida yenggan hamyurtlarimiz 3-mart kuni boʻladigan oʻyinda Turkmaniston jamoasi bilan kuch sinashadi.

Eslatib oʻtamiz, ilk bor jahon chempionati III divizionida qatnashayotgan Oʻzbekiston U18 terma jamoasi Lyuksemburg, JAR, Turkmaniston, Bosniya va Gersegovina, Tailand jamoalari bilan “B” guruhidan joy olgan.

Musobaqalar 6-martga qadar davom etadi.