U 174 ta byulletendan 172 tasini qoʻlga kiritdi va 15-noyabrdan lavozimiga kirishadi. El-Enani 2017-yildan buyon YUNESKOga rahbarlik qilib kelgan Odri Azulening oʻrnini egallaydi.
1971-yilda tugʻilgan Xaled El-Enani — mashhur misrshunos va professor boʻlib, Misrdagi turizm va qadimiy yodgorliklar sohasida katta tajribaga ega. U avvalroq Misr sivilizatsiyasi milliy muzeyi va Qohiradagi Misr muzeyiga rahbarlik qilgan, shuningdek turizm va qadimiy yodgorliklar vaziri lavozimini ham egallagan.
El-Enani YUNESKO tarixidagi ilk arab va ikkinchi afrikalik bosh direktor boʻldi.
Tashkilot 194 ta davlatni birlashtirib, taʼlim, fan, madaniyat va axborot sohalarida xalqaro hamkorlik orqali tinchlikni mustahkamlashda muhim rol oʻynaydi.







