Oʻtkazilgan reyd davomida Toshkent viloyati, Toshkent tumani, “Tutzor“ MFYda yashovchi Sh. A. tomonidan yashash xonadonida noqonuniy ravishda 1 dona Amur yoʻlbarsi va 7 dona yoʻlbarssimon piton ilonlari saqlanayotganligi aniqlandi.
Maʼlumot uchun, Vazirlar Mahkamasining “Yovvoyi hayvonlarni saqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi 736-son qaroriga asosan, 2025-yil 1-yanvardan boshlab jismoniy shaxslar tomonidan koʻpgina (roʻyxat asosida) yovvoyi hayvonlarni tutqunlikda saqlash hamda sirk tomoshalarida yovvoyi hayvonlardan foydalanish taʼqiqlandi.
Yovvoyi hayvonlar Toshkent hayvonot bogʻiga topshirildi. Bosh prokuratura tomonidan holatga huquqiy baho berilmoqda.









