Mazkur kulolchilik markazi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev hududlar rivoji, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida joriy yilning 12-13 mart kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlariga asosan tashkil etilmoqda.
Kulolchilik markazi an'anaviy uslubda uch oy muddatda qurib bitkazilishi rejalashtirilgan. Loyihaning smeta qiymati 513mln so'm bo'lib, bu erda kulolchilik yo'nalishida 70 dan ortiq yangi ish o'rinlari yaratiladi.
Qurilish boshlanishidan oldin an'anaga ko'ra ehson qilindi va kam ta'minlangan oilalarga tarqatildi.