— Bayram va muborak kunlar arafasida bu kabi tadbirlarni o'tkazish, aholini ehtiyojmand qatlami holidan xabar olib, ularga saxovat va ko'mak ko'rsatish unutilmas qadriyatlarimizdan, — deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi Xorazm viloyat boshqaruvi raisi A. Radjabov. — Shu munosabat bilan shahar va tuman hokimliklari bilan hamkorlikda ushbu mehr-saxovatga yo'g'rilgan xayriya tadbirini o'tkazdik. Bunday tadbirlar fond huzurida tashkil etilgan “Saxovat va ko'mak” jamg'armasi hisobidan amalga oshirilmoqda.
Muhimi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi Xorazm viloyat boshqaruvi, uning shahar va tuman bo'linmalari xodimlari tomonidan o'tkazilayotgan bu kabi mehr-saxovat tadbirlari insonlarni bir-biriga bo'lgan mehr-oqibatini yanada mustahkamlashga, ko'p ming yillardan buyon ulug'lanib kelayotgan ko'hna qadriyatlarimizni unutilmasligi, ezgu fazilatlarni yanada yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
“Mahalla” xayriya jamoat fondi
Xorazm viloyat bo'limi matbuot xizmati