Unga ko'ra o'tgan to'qqiz oy davomida ma'muriy sudlarda jami 1 ming 211 ta ishlari ko'rib tamomlangan bo'lib, bu ko'rsatgich o'tgan yilning shu davriga nisbatan 1 ming 150 taga(51,2 %) kamaygan.
Ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarning 415 tasi, ya'ni 34,2 %i sayyor sud majlisida ko'rib chiqilishi ta'minlangan.Ma'muriy sudlar tomonidan sud amaliyotida hokim qarorlarini haqiqiy emas deb topish bo'yicha 447 ta ariza ko'rib chiqilgan va shundan 260 tasi qanoatlantirilgan. Bu toifadagi ishlarning eng ko'p 31,5 %i Urganch tumaniga to'g'ri keladi.
Haqiyqiy emas deb topilgan hokim qarorlarining asosiy qismini turar joyga nisbatan egalik huquqini belgilash yoki bekor qilish hamda er maydoni ajratishga oid ishlar tashkil qiladi.