Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Departamentning Urganch tumani va Xiva shahri boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda “U.Q.” va “X.A.” MCHJ masʼul shaxslari savdo doʻkonlarida 6 turdagi qalbaki aksiz markali jami 984 dona alkogol mahsulotlarini savdoga qoʻyganliklari aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shuningdek, Departamentning Xonqa tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda “M.S.M.” va “B.D.” MCHJ masʼul shaxslari savdo doʻkonlarida qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini savdoga qoʻyganliklari aniqlanib, ulardan 10 turdagi jami 792 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.