Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiariq tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Ya.F.” MCHJ masʼul shaxslari davlat xususiy sherikchilik bitimiga asosan tumandagi 31 ta ijtimoiy soha obyektlarini isitish mavsumida koʻmir bilan uzluksiz taʼminlash uchun ajratilgan mablagʻlarning 301,1 mln soʻmini boshqa maqsadlarga sarflab, rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.