Xorazmda Milliy gvardiya xodimlari cho‘kayotgan fuqaro hayotini saqlab qolishdi

    Shovot kanalida choʻkayotgan ayolni koʻrib qolgan xodimlar zudlik bilan fuqaroni suvdan olib chiqib, tez yordam kelguniga qadar unga birinchi tibbiy yordam koʻrsatdi.

    Bugun, 20-aprel kuni taxminan soat 13:00 larda Milliy gvardiya Xorazm viloyati boshqarmasi xodimlari Urganch shahrida joylashgan “Avesta” istirohat bog‘ida jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash uchun xizmat olib borayotgan vaqtlarida shu yerda o’qib o’tadigan Shovot kanalida cho‘kayotgan ayolni ko‘rib qolishdi.

    Xodimlar zudlik bilan fuqaroni suvdan olib chiqishdi va tez yordam kelguniga qadar unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishdi.

    Hozirda shifokorlar ayolning ahvolini qoniqarli deb baholamoqda, u bilan psixologlar ishlamoqda.