Xorazmda zamonaviy “Yoshlar kutubxonasi” ochildi!

    Mamlakatimizda 14 Yanvar 2023 3070

    100 ming kitob fondiga ega boʻlgan kutubxonada 7 000 xildagi darsliklar, ilmiy va badiiy adabiyotlar jamlangan.

    Kutubxonaga Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining elektron bazasi ham ulangan.

    Urganch markazida joylashgan ziyo maskani bir vaqtning oʻzida 200 dan ortiq kitobxonni oʻz bagʻriga sigʻdira oladi.

    Kutubxona bepul Wi-Fi tarmogʻi, eng zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlangan. Oʻquvchilar kitoblarni uylariga olib ketib oʻqish imkoniyatiga ham ega.