Kutubxonaga Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining elektron bazasi ham ulangan.

Urganch markazida joylashgan ziyo maskani bir vaqtning oʻzida 200 dan ortiq kitobxonni oʻz bagʻriga sigʻdira oladi.

Kutubxona bepul Wi-Fi tarmogʻi, eng zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlangan. Oʻquvchilar kitoblarni uylariga olib ketib oʻqish imkoniyatiga ham ega.