Xorazmdagi fotoqopqonga jang qilayotgan quyonlar tushib qoldi

    Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Xorazm milliy tabiat bogʻida oʻrnatilgan fotoqopqonga bir-biri bilan urishayotgan quyonlar muhrlandi.

    Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi xabar berdi.

    Maʼlumot uchun, Xorazm milliy tabiat bogʻi 2019-yil 14-dekabrda tashkil topgan va Urganch tumani, Yangibozor tumani, Xiva tumani, Xonqa tumani va Tuproqqalʼa tumanlari hududlarida joylashgan.

    Bogʻda 260 tur hayvonot dunyosi mavjud. Shundan 68 turi Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Eng koʻp uchraydigan hayvonlarga chiyaboʻri, qirgʻovul, yovvoyi oʻrdak, yumronqoziq, tolay tovushqoni (quyon), qora qargʻa va dala chumchuqlari kiradi.