"Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi axborot xizmatining xabar berishicha, qonunchilikda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etish uchun avvalo “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasini yozma ravishda xabardor qilish shartligi belgilab qoʻyilgan.
Agar davlat muassasasini yozma xabardor qilmasa, belgilangan litsenziya talab va shartlarini qoʻpol ravishda buzish hisoblanadi.
“Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi bunday faoliyat noqonuniy ekanligini taʼkidlab, Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisida konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etish va rejalashtirishda “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasini xabardor qilgan holda faoliyat yuritishlari lozimligi toʻgʻrisida ogohlantirmoqda.
"Bugungi kunda ushbu talablarga rioya qilmay xorijda konsert dasturlarini rejalashtirib oʻtkazayotgan xonandalar yoʻq emas. Litsenziya talab va shartlariga rioya qilmagan sanʼatkorlarning litsenziyasi “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan muddatidan oldin toʻxtatilishi maʼlum qilinadi“ , - deyilgan ”Oʻzbekkonsert” DM axborot xizmati xabarida.