Q.R. ismli fuqaro 2022-yilning yanvar oyida Rossiya Federatsiyasi Xakasiya Respublikasining Abakan shahriga ishlash maqsadida boradi. Qurilish obyektida ishlayotgan vaqtida baxtsiz hodisaga uchrab, bir necha kundan keyin qoqshol tashxisi bilan Abakan shahrining tez tibbiy yordam shifoxonasiga yotqiziladi. Bu haqida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar bermoqda.
Fuqaro Q.R. mehnatga layoqatsiz bo'lib, murakkab moliyaviy ahvolda qolgani sababli Agentlikdan O'zbekistonga qaytarishda moddiy va amaliy yordam so'raydi. Yurtdoshimiz xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo'llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg'armasi mablag'lari hisobidan Krasnoyarsk-Toshkent yo'nalishi bo'yicha aviachipta bilan ta'minlanb, Vatanga qaytarildi.