Ayrim hollarda eski yoki notoʻgʻri maʼlumotlar asosida fuqarolarning his-tuygʻularidan foydalangan holda firibgarlik qilayotgan shaxslar aniqlanmoqda.
Shu bois, bunday xabarlarga ishonib, hech qanday pul oʻtkazmaslik soʻraladi. Qonuniy va ishonchli yoʻl — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligiga murojaat qilishdir.
Agar Oʻzbekiston fuqarosi xorijda vafot etgan boʻlsa, uning jasadini yurtimizga olib kelish Migratsiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Rasmiy murojaat uchun telefonlar:
- (71) 202 33 55
- qisqa raqam: 1282