Bir qator atamalarni oʻzbekcha muqobillariga almashtirish boʻyicha jamoatchilik yuborgan takliflar Oʻzbekiston Atamalar komissiyasining ishchi kengashi — Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari tomonidan koʻrib chiqildi.
Atamalar soni 30 ta.
T/r Soʻz va atama — Soʻz va atamani oʻzbek tilida ifodalovchi soʻzlar — Rasmiy muomalaga kiritish boʻyicha taklif
1 Aysberg — Muztogʻ — Muztogʻ
2 Bruschatka —Tosh yotqiziq, tosh toʻshama — Yoʻlgʻisht
3 Diskussiya — Tortishuv, tortishma — Bahs, munozara
4 Zona — Tegra — Hudud
5 Instrument — Ish qurol, qurol — Ish quroli
6 Intensiv — Qizgʻin, unumli — Jadal
7 Kamera — Boʻlma — Boʻlma
8 Konstruksiya — Qurilish, qurilma — Tuzilma
9 Koordinator — Yoʻnaltiruvchi, boshqaruvchi — Muvofiqlashtiruvchi
10 Koridor — Yoʻlak — Yoʻlak
11 Lider— Yoʻlboshchi, yetakchi — Yoʻlboshchi, yetakchi
12 Marshrut — Yoʻnalish — Yoʻnalish
13 Progress, progressiv — Ilgʻor, ilgʻorlik — Ilgʻor, rivojlanish
14 Dostavka — Eltish, yetkazish — Yetkazish
15 Probeg — Yurim — Yurim
16 Set (ovqatlar seti boʻyicha) — Toʻplam — Toʻplam
17 Oprava — Koʻzlik — Koʻzoynak bandi
18 Polik —Toʻshama — Toʻshama
19 Balansirovka — Tenglashtirish — Muvozanatlashti-rish
20 Vnedorojnik — Yoʻltanlamas — Yoʻltanlamas
21 Chelenj — Chorlov — Chorlov
22 Navigator — Qoʻnim — Yoʻllagich
23 Selfi — Selfi — Oʻzchekim
24 Svetofor — Yoʻlchiroq — Yoʻlchiroq
25 Ekspluatatsiya — Foydalanish — Foydalanish
26 Aksiya — Yalpi harakat — Yalpi harakat
27 Kuler — Suvlik, suvluq, sovuq suv — Suvlik
28 Keshbek — Qaytiq, qaytim — Hadya-qaytim
29 Poverbank — Kuchlik, kuchluq, quvvatlik, quvvatsaqlagich — Kuchlantirgich
30 Karving — Kesma bezak — Meva bezakchiligi








