Bir qator atamalarni oʻzbekcha muqobillariga almashtirish boʻyicha jamoatchilik yuborgan takliflar Oʻzbekiston Atamalar komissiyasining ishchi kengashi — Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari tomonidan koʻrib chiqildi.

Atamalar soni 30 ta.

T/r        Soʻz va atama     — Soʻz va atamani oʻzbek tilida ifodalovchi soʻzlar — Rasmiy muomalaga kiritish boʻyicha taklif

1 Aysberg — Muztogʻ —              Muztogʻ

2 Bruschatka —Tosh yotqiziq, tosh toʻshama — Yoʻlgʻisht

3 Diskussiya — Tortishuv, tortishma — Bahs, munozara

4 Zona — Tegra               — Hudud

5 Instrument — Ish qurol, qurol — Ish quroli

6 Intensiv — Qizgʻin, unumli — Jadal

7 Kamera — Boʻlma — Boʻlma

8 Konstruksiya — Qurilish, qurilma — Tuzilma

9 Koordinator — Yoʻnaltiruvchi, boshqaruvchi — Muvofiqlashtiruvchi

10 Koridor — Yoʻlak — Yoʻlak

11 Lider— Yoʻlboshchi, yetakchi — Yoʻlboshchi, yetakchi

12 Marshrut — Yoʻnalish — Yoʻnalish

13 Progress, progressiv — Ilgʻor, ilgʻorlik — Ilgʻor, rivojlanish

14 Dostavka — Eltish, yetkazish — Yetkazish

15 Probeg — Yurim — Yurim

16 Set (ovqatlar seti boʻyicha) — Toʻplam — Toʻplam

17 Oprava — Koʻzlik — Koʻzoynak bandi

18 Polik —Toʻshama — Toʻshama

19 Balansirovka — Tenglashtirish — Muvozanatlashti-rish

20 Vnedorojnik — Yoʻltanlamas — Yoʻltanlamas

21 Chelenj — Chorlov — Chorlov

22 Navigator — Qoʻnim — Yoʻllagich

23 Selfi — Selfi — Oʻzchekim

24 Svetofor — Yoʻlchiroq — Yoʻlchiroq

25 Ekspluatatsiya — Foydalanish — Foydalanish

26 Aksiya — Yalpi harakat — Yalpi harakat

27 Kuler — Suvlik, suvluq, sovuq suv — Suvlik

28 Keshbek — Qaytiq, qaytim — Hadya-qaytim

29 Poverbank — Kuchlik, kuchluq, quvvatlik, quvvatsaqlagich — Kuchlantirgich

30 Karving — Kesma bezak — Meva bezakchiligi