Unda jami 8000 dan ziyod maktabdan ingliz tili bo'yicha 37075, nemis tili bo'yicha 1800, fransuz tili bo'yicha 1450 — jami 40325 nafar o'quvchi ishtirok etdi.

Xorijiy til (ingliz, nemis, fransuz tillarini) bilish darajasini aniqlashga qaratilgan test topshiriqlari umumta'lim maktablarining 7-9 sinf o'quvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, xalqaro ta'lim standartlari (CEFR) asosida tayyorlangan 30 ta topshiriqlaridan iborat.
 
Umumiy ball natijalariga ko'ra, maktablar orasidan ballar ketma-ketligida 3 nafar g'olib (1-, 2-, 3-o'rinlar) aniqlanadi va tashkiliy qo'mita bayoni bilan tasdiqlanadi.
 
Birinchi o'rinni egallagan g'olib tanlovning ikkinchi bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.